Kontent qismiga oʻtish

Keir Starmer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kir Starmer

Rasmiy portret, 2024
 80-Birlashgan Qirollik Bosh vaziri
 
Mansab davri
5-iyul 2024-yil – hozirgacha
Monarx Charls III
Oʻtmishdoshi Rishi Sunak
 Leyboristlar partiyasi yetakchisi
 
Mansab davri
4-aprel 2020-yil – hozirgacha
Monarx Charls III
Oʻtmishdoshi Jeremi Korbin

Ser Kir Rodni Starmer (1962-yil 2-sentyabr, Sautvark) – britaniyalik huquqshunos va siyosatchi, Leyboristlar partiyasi rahbari. 2024-yilgi parlament saylovlaridan soʻng u Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan[1].

Tarjimasi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kir 1962-yil 2-sentyabrda Londonda chilangarlik asboblarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Rodni Starmer va Jozefina Starmerlar oilasida tugʻilgan. Kir Starmerning katta opasi Anna (1961-yil iyun oyida tugʻilgan) hamda egizak uka-singlisi Nikolay va Ketrin (1964-yil mart oyida tugʻilgan) bor. Kir tugʻilgandan koʻp oʻtmay, oila Okted shahriga (Surrey grafligi) koʻchib oʻtadi. 1974-yilda Kir Raigit savodxonlik maktabiga oʻqishga kiradi. Ushbu maktab 1976-yilda xususiy maktabga aylantiriladi. Kir musiqani oʻrganish uchun Guildholl musiqa maktabiga oʻqishga kirgan, nay chalishni yetarli darajada oʻzlashtirgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]